Xotinko‘prik


Post Views:
10

XOTINKO‘PRIK – Toshkentning shimoli-g‘arbida, Sobir Rahimov tumani (hozirgi Olmazor tumani), Olimpiya mavzesiga yaqin yerdagi jarlik ustiga qurilgan qadimiy yog‘och ko‘prik. 1490 yilga oid Xoja Ahror vaqfnomasida aytilishiga ko‘ra, Qurama mulkining g‘arbiy chegarasi «Xotun Ko‘frugi», shimoliy chegarasi «Qo‘riq-i Qoraqamish» bilan chegaralangan. Xotinko‘prik shimoliy tumanlarda yashovchi ko‘chmanchi aholi bilan Toshkentni bog‘lovchi muhim strategik ko‘priklardan sanalgan. O‘tmishda, 20-asrning 1-yarmiga qadar bu hududda Toshkentliklarning qo‘rg‘onlari, bog‘ hovlilari joylashgan. Kollektivlashtirish (jamoalashtirish) jarayonida bu yerlar sobiq «Kommunizm» kolxozi tarkibida bo‘lib, kolxoz bog‘lari, choyxonasi joylashgan. 1966 yilgi zilziladan so‘ng Qoraqamish turar joy massivi qurilishi munosabati bilan Xotnko‘prik o‘rniga katta beton quvurlar yotqizilib, usti asfaltlab tashlangan, biroq Xotinko‘prik toponimi hanuz saqlanib kelmoqda.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/xotinko-prik/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x