XOQONIY SHIRVONIY

XOQONIY SHIRVONIY (toʻliq ismsharifi Afzaliddin Badil ibn Ali) (1120, Shirvon 1199, Tabriz) — ozar shoiri. Gʻazal, qasida va masnaviylar bitgan. Shoir Abu Alo Ganjaviydan (12-a. 1-yarmi) badiiy ijod sirlarini oʻrgangan. 25 yoshida Shirvonshoxdar saroyidagi adabiy doiraga doxil boʻlib, «Xoqoniy» taxallusi bilan gʻazallar yoza boshlagan. Ammo saroy amaldorlari Xoqoniy Shirvoniy bilan ustozi orasida nizo chiqaradi. Xoqoniy Shirvoniy hajga borish bahonasi bilan bu mojarolardan qutuladi (1156). Xoqoniy Shirvoniy hajdan qaytgandan soʻng ham uning atrofidagi igʻvo va tuhmatlar toʻxtamaydi. Hatto Mujriddin Boylaqoniy Xoqoniy Shirvoniy imzosi bilan Isfahon xalqini hajv qilib, qasida tarqatadi, shoir zindonga tashlanadi. Uning «Sifahon», «Hibsiyot» (1159) qasidalari shu munosabat bilan yozilgan. Vizantiya shahzodasi Andronik Kamen yordamida hibsdan qutulgan. Umrining oxirgi yillarini Tabrizda oʻtkazgan. Shoirning qabri Murgʻob qabristonidagi «Maqbarat ushshuaro»dadir. Xoqoniy Shirvoniydan bizga qadar 14 ming baytdan iborat sheʼrlar devoni, 3 ming baytni tashkil kiladigan «Tuhfat ulIroqayn» («Ikki Iroq tuhfasi», 1157) masnaviysi meros boʻlib qolgan. Sheʼrlarida ishqmuhabbat tasviri bilan birga mavjud ijtimoiy tuzum, oʻzi yashayotgan zamon illatlarini roʻyrost tankid, zulmzoʻravonliklardan nolish kuchli. Ijodi 13-a. dan oʻrganila boshlagan. «Tuhfat ulIroqayn» masnaviysi hamda «Madoyin qasri» qasidasi Arab va Ajam xalqlari tarixi, maʼnaviyatini oʻrganishda muhim manba vazifasini ham oʻtaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x