XONOBODTEPA

XONOBODTEPAshahar xarobasi (mil. 6—13-a. boshi — 16—17-a. lar). Toshkent sh. jan. da Chirchiq daryosining oʻng sohilida, daryodan 0,5 km narida joylashgan. Oʻtgan asrning 30—60-y. larida M. Ye. Masson, V. M. Masson, Yu. F. Buryakov; 1971—75 y. larda Toshkent arxeologiya ekspeditsiyam (V. A. Bulatova, L. G. Brusenko, L. L. Rtveladze, E. V. Rtveladze, M. I. Filanovich) tekshirgan. X. yodgorligi kvadrat (530×500 m) shaklda. Maydoni taxm. 30 ga. U keng xandaq bilan oʻralgan ark va shahristondan iborat. 6-a. da istehkomsiz kichik qishloq shaklida qad koʻtargan. X. 7-a. oʻrtalarida 4 burchagida minoralari bor mustahkamlangan qalin devor bilan oʻralgan shaharga aylangan. Shahar ichida muhtasham binolar, uyjoylar, maydon va bozor joylashgan. 8-a. ning 1-yarmida vayronaga aylanib, 9—12-a. larda hayot tiklangan. 13a. boshida moʻgʻullar tomonidan vayron etilgan. Uzoq vaqt vayronalikdan soʻng, 15—16-a. larda shahar qayta tiklanib, mustahkam devori yangi ark (104×80 m) bino kilingan. Shahar xarobasidan 8-a. ning 1-yarmiga oid tangalar (Choch hokimi Tarnabchaning silovsin tasvirli tangasi, Usrushona xrkimi Satachuriy II, Sugd ixshidi Turgar (738—750), turk xoqoni Eltegin tangalari) va abbosiylarning mis fuluslaridan iborat xazina; shuningdek, qopqogʻida qush boshi va soqolli keksa kishi tasviridagi oʻymakor naqshli ostodonlar, buka boshli sirlangan qadah, 6—12-a. larga oid sirsiz va sirlangan sopol idishlar topilgan.

LA. Filanovich M. I., Tashkent. Zarojdeniye i razvitiye goroda i gorodskoy kulturы, T., 1983; Mukminova R. G., Filanovich M. I., Tashkent na perekrestke istorii, T., 2001; Muhammadjonov A., Qadimgi Toshkent, T., 2002.

Abdulahad Muhammadjonov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x