XONAZAROV Abdushukur Abduxalilovich

XONAZAROV Abdushukur Abduxalilovich (1939.3.1, Boʻstonliq tumani Soyliq qishlogʻi) — oʻrmonshunos muhandis olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1989), q. x. fanlari d-ri (1984), prof. (1995). Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi FA akad. (1991). Toshkent qishloq xoʻjaligi intini tugatgan (1962). Oʻrta Osiyo oʻrmon xoʻjaligi i. t. intida kichik, katta ilmiy xodim, togʻ melioratsiyasi boʻlimi mudiri (1968—85; 1978—79 y. larda Afgʻonistonda oʻrmon xoʻjaligi boʻyicha maslahatchi), shu int direktori (1985 — 90), «Oʻzbekoʻrmon» oʻrmon xoʻjaligi i. ch. birlashmasi bosh direktori (1990 — 91), Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi (1991— 2000), Oʻzbekiston oʻrmon xoʻjaligi inti direktori (2001 — 2004), 2004-y. dek. dan Oʻzbekiston Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari — Oʻzbekiston q. x. ilmiyi. ch. markazi bosh direktori, ayni paytda Toshkent agrar universiteti oʻrmonchilik va oʻrmon melioratsiyasi kafedrasi mudiri (1995-y. dan).

Ilmiy ishlari togʻ yon bagʻirlarida tuproq eroziyasi, sel hodisalari va ularga qarshi kurash, oʻrmon melioratsiyasi, yongʻoq mevali va tez oʻsuvchi daraxtlar sanoat plantatsiyalarini barpo etish, ekologiya muammolariga bagʻishlangan. Oʻrmonchilik boʻyicha darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari yaratgan. As: Eroziya pochv i melioratsiya v gorax, M., 1983; Gornaya melioratsiya, M., 1993; Oʻrmonshunoslik, T., 2001; Oʻzbekistonda oʻrmonzorlar barpo qilish asoslari, T., 2002; Ihota daraxtzorlari va dehqonchilik, T., 2002.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x