XONAKI MUSHUKLAR

XONAKI MUSHUKLARmushuklar urugʻiga mansub uy hayvoni. 50 dan ortiq zoti bor. X. m. yovvoyi mushukning Shim. Afrika, Urta dengiz mushugi (liviya mushugi) kenja turidan kelib chiqqan. Eshitish, koʻrish, tuygʻu organlari yaxshi rivojlangan, hidni itlarga nisbatan kuchsizroq syozadi. 7 — 9 oyda voyaga yetadi, boʻgʻozlik davri 9 hafta, 4—6, baʼzan 10 tagacha bola tugʻadi, 13—18 y. umr koʻradi. Yaqin vaqtgacha mushuklar Qad. Misrda xonakilashtirilganligi taxmin qilinar edi. Chunki bu mamlakatda mushuklar ilohiylashtirilgan va ular moʻmiyolab koʻmilgan. Hozir Xonaki mushuklarning suyak qoldiqlari Kavkaz va Old Osiyo hududlarida bronza va hatto neolit davrlarida aholi yashagan joylardagi katlamlardan ham topilgan. Xonaki mushuklar zotlari bir-biridan, asosan, jun va dumining uzunligi, juni va koʻzining rangi bilan farq qiladi. Uzun junli mushuklarga angor, Eron va Sibir; kalta junlilarga siam va dumsiz hamda koʻpchilik Yevropa mamlakatlarida tarqalgan boshqa zotlar kiradi. Xonaki mushuklar omborlar va xonadonlarda zararkunanda kemiruvchilar (sichqon, kalamushlar)ni qirib fonda keltiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x