XOLMATOV Hamid Xolmatovich

XOLMATOV Hamid Xolmatovich (1923.4.5, Qozogʻiston Respublikasi Jambul viloyati) — provizor olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1977), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan tibbiyot xodimi (1983). Farmatsevtika fanlari dri (1976), prof. (1976). Toshkent farmatsevtika intini tugatgach (1944), shu int farmakognoziya kafedrasida aspirant (1944—47), assistent (1947—57), dotsent (1957—76), ayni vaqtda int dekani (1953—59), oʻquv va ilmiy ishlar boʻyicha prorektor (195970), rektor (197085); 1985-y. dan farmakognoziya kafedrasi prof. Ilmiy ishlari, asosan, Oʻzbekiston xalq tabobatida qoʻllaniladigan, xususan, Ibn Sino ishlatgan dorivor oʻsimliklarni farmakognostik oʻrganish va tibbiyotga tadbiq etishdan iborat.

As: Farmakognoziya T., 1995.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x