XOKUSAY

XOKUSAY Katsusika, Nakadzima Tamekadzu [1760 — Edo (Tokio) — 1849.18.4] — yapon rassomi, Ukiyoe yoʻnalishining yirik namoyandasi. Yapon gravyurasida manzara janri asoschisi. Katsukava Syunso va b. ustalardan taʼlim olgan (177778). Xitoyning Min davri, Kano maktabi rassomligini oʻrgangan, «goʻzallar», «odamlar», manzara janrlarida ijod qilgan. 30 mingga yaqin gravyura va rasmlar yaratgan (15 jildli «Manga» kitobida, 181271). Yirik asarlarida dadil perspektiv samaralar taassuroti kutilmagan ranglar uygʻunligi orqali yapon manzaralarini oʻziga xos obrazini yarata olgan: «Fudzi togʻining 36 koʻrinishi» turkumi (1823—29), «Turli viloyatlardagi yangi koʻpriklar» (1827—30), «Turli viloyatlar sharsharalari boʻylab sayohat» (1827—33), «Fudzi togʻining 100 koʻrinishi» (183435) va b.

X. asarlari hozirgacha qiziqib oʻrganiladi, koʻrgazmalarda namoyish etiladi, rassomlar (jumladan, oʻzbekistonlik rassomlar) ijodiga taʼsiri kuzatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x