PETROSYANS Ashot Ivanovich

PETROSYANS Ashot Ivanovich (1910.10.5, Mari — 1976.2.3, Moskva, Toshkentda dafn etilgan) — dirijyor, pedagog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1950). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1954). Hamza nomidagi musiqa bilim yurtida oʻqituvchi (1936—49), Toshkent konservatoriyasida xalq cholgʻu asboblari ka-fedrasining tashkilotchisi va mudiri (1948-y. dan), prof. (1970). 1935-y. dan oʻzbek (shuningdek, qirgʻiz, qoraqalpoq va b.) anʼanaviy cholgʻulari rekonst-ruksiyasi ustida ish olib borgan. P. Oʻzbek davlat filarmoniyasining re-konstruksiyalangan oʻzbek xalq cholgʻu asboblari orkestrining asoschilaridan va badiiy rahbari, bosh dirijyor (1938—41, 1943—58). Darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar muallifi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x