Xo‘ja Parixontepa


Post Views:
24

XO‘JA PARIXONTEPA, Xo‘jafarxon – ilk o‘rta asrlarga oid arxeologik yodgorlik, otashparastlar qabristoni (milodiy 6–7-asrlar). Beruniy va Kichik halqa yo‘li ko‘chalari kesishgan yerda joylashgan. 1988 yil Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi (M.I.Filanovich) tomonidan o‘rganilgan. Xo‘ja Parixontepa marhumlar ossuariylarda dafn etilgan nekropol (o‘tmishda balandligi 5 m bo‘lgan) ekanligi aniqlangan. Xo‘ja Parixontepaning ustki qatlami 20-asr boshida qabriston bo‘lgan («Tojikmozor» deb ham atalgan). Xo‘ja Parixontepada qoraxoniylar davrida (11–12-asrlar) xumdon bo‘lganligi aniqlangan. Yodgorlikdan topilgan naqshlar bilan bezatilgan ossuariy (ostadon)lar Choch va Iloq aholisi o‘rtasida zardushtiylik keng tarqalgani, Sug‘d va Xorazm bilan yaqindan aloqalar mavjud bo‘lganidan dalolat beradi. Xo‘ja Parixontepa o‘rnida hozir zamonaviy binolar qad ko‘targan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/hoja-parihontepa-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x