Xiyobontepa


Post Views:
23

XIYOBONTEPA – arxeologik yodgorlik, qishloqqa tutashgan qasr-ko‘shk (7–10-asrlar, 9–13-asr boshi). Toshkentning Eski shahar qismi markazida, Kaykovus kanali bo‘yida joylashgan. 1924 yil M.Ye.Masson tomonidan qayd etilgan. 1968–69 yillarda Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi tekshirgan. Xom g‘ishtdan qurilgan ko‘shkning eng baland tagkursi qismi xarobalari saqlangan; uning atrofiga hozir turar joy binolari qurilgan. Qasr binosining xarobalari saqlanmagan. YUqori madaniy qatlami 9–12-asrlarga mansub bo‘lib, o‘sha davrda qasr Binkatning ichki rabodi tarkibiga kirgan va uning xarobalari rabod binolari ostida qolib ketgan. Shahar hududi sifatida Xiyobontepa mo‘g‘ullar istilosiga qadar (13-asr boshi) mavjud bo‘lgan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/xiyobontepa/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x