XITOY TILI

XITOY TILI — xutoy-tibet tillari oilasiga mansub tillardan biri. mln. dan ortiq kishi soʻzlashadi (2003-y.). X. t., shuningdek, Indoneziya, Kambodja, Laos, Vyetnam, Myanma, Malayziya, Tailand, Singapur, Bruney, Syangan, Aomin, Filippin, Yaponiya, Koreya va dunyoning boshqa mamlakatlarida tarqalgan (30 mln. dan ortiqkishi soʻzlashadi). BMTning rasmiy va ishchi tillaridan biri.

Xitoy tilida asosan, 7 lahja guruhi farqlanadi:

1) shim. (bu lahjada 70% kishi soʻzlashadi va u hoz. adabiy Xitoy tiliga asos boʻlgan);

2) u;

3) syan;

4) gan;

5) xakka;

6) yue;

7) min. Bu lahjalar fonetik va leksik jihatdan oʻzaro katta farq qiladi, hatto lahjalarning vakillari bir-birlarini tushunmay qoladilar; biroq ularning grammatik qurilishi va lugʻat tarkibi yagonadir. Lahjalar muntazam tarzdagi tovushiy mosliklar orqali oʻzaro bogʻlangan. Xitoy tilining fonetik meʼyorlari Pekin sh. talaffuziga asoslanadi.

Xitoy tiliga oid qad. yozma yodgorliklar (tosh, bronza, suyak va b. ga yozilgan yozuvlar) mil. av. 2ming yillikning 2-yarmiga oid. Qad. adabiy yodnomalar — «Shuszin» («Tarix kitobi») va «Shiszin» («Qoʻshiqlar kitobi») mil. av. 1-ming yillikning 1-yarmiga oid. Oʻsha davrdagi jonli lahjalar asosida qad. adabiy Xitoy tili — venyan vujudga kelgan. Keyinchalik u ogʻzaki jonli tildan uzokdashib, mil. 1-ming yillikda xalq tushunmaydigan til boʻlib qolgan. Shu sababli mil. 1-ming yillikda yangi (sodda) yozma til — bayxua vujudga keladi; shim. bayxua tili keyinroq umumxalq Xitoy tili — putunxua (umumxalqqa tushunarli til) uchun asos boʻldi. 20-a. ning 1-yarmida putunxua qad. Xitoy tili — venyanni tamoman siqib chiqarib, yagona milliy til boʻlib qoldi.

Xitoy tili dagi morfema va sodda soʻzlar odatda bir boʻgʻinlidir. Boʻgʻin tarkibiga kiruvchi undosh va unli tovushlar (ularning soni haqida hanuz yagona fikr yoʻq) maʼlum bir tartibda joylashadi. Mas, bir necha undosh tovush ketmaket kelishi mumkin emas, biroq unlilar ketmaket, oʻzaro birikib kelishi mumkin. Toʻliq tarkibli xitoy boʻgʻinida birinchi oʻrinda hamisha undosh tovush turadi, ikkinchi oʻrinda 1unli, undan keyin 2unli, oxirida esa yarim (kuchsiz) unli yoki burun tovushi joylashadi. Qatʼiy tartibga qaramasdan Xitoy tilida boʻgʻin tarkibiga kiruvchi tovushlarning hammasi ham bir-biri bilan birika olmaydi, shuning uchun xitoy boʻgʻinlarining mikdori chegaralangandir. Putunxuada 414 boʻgʻin, ton (ohang—musiqiy ovoz) variantlarini hisobga olganda, 1324 boʻgʻin bor. X. t. da ton (ohang), tovushga oʻxshab, maʼno farqlash vazifasini bajaradi (q. Tonal tillar). Agar bir boʻgʻin 4 xil ton bilan talaffuz etilsa, 4 ta har xil maʼnoli soʻz hosil boʻladi.

Xitoy tilida bir boʻgʻinli soʻzlarga nisbatan ikki boʻgʻinli soʻzlar koʻproq. Terminologiyaning rivojlanishi natijasida ikkidan ortiq boʻgʻinli soʻzlar ham koʻpaymoqda. Soʻz yasalishi soʻz qoʻshish, affiksatsiya va konversiya (bir soʻz turkumidan boshqa soʻz turkumiga oʻtish) orqali amalga oshadi. Soʻz yasash qoliplari soʻz birikmalari qoliplariga oʻxshash boʻlganligidan baʼzan yasama, qoʻshma soʻzlarni soʻz birikmalaridan ajratib olish qiyin.

Xitoy tilida deyarli oʻzlashma soʻzlar yoʻq. Oʻziga xos morfologik va sintaktik xususiyatlarga ega. Xitoy tili, asosan, amorf tillardan boʻlsada, ayrim hollarda agglyutinativ belgilar ham uchraydi. Xitoy tili iyeroglifik yozuvdan foydalanadi (q. Xitoy yozuvi).

LA. Torelov V. I., Prakticheskaya grammatika kitayskogo yazыka, M., 1957; Solnsev V . M., Ocherki po sovremennomu kitayskomu yazыku, M., 1957; Yaxontov S. Ye., Drevnekitayskiy yazыk, M., 1965; Hidoyatova Sh., Karimov A., Aminov E., Xitoy tili grammatikasi (fonetika va iyeroglifik yozuv), T., 2004.

Akramjon Karimov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x