XITIN

XITIN (yun. chiton — kiyim, teri, qobiq) — polisaxaridlar guruhiga mansub tabiiy birikma; boʻgʻimoyokdilar va bir qator umurtqasiz hayvonlar tashqi skeletining asosiy komponenti; zamburugʻlar, bakteriyalar va ayrim suvoʻtlarning hujayra devori tarkibida boʻladi. Tayanch vazifasini bajaradi. X. NatsetilDglyukozamin qoldigʻidan iborat. Suv, suyultirilgan kislota, ishqor, spirt va b. organik erituvchilarda erimaydi; konsentrlangan kislotalarda eriydi. Xitinning tuzilishi, fizikkimyoviy xossasi va biologik ahamiyati oʻsimlik sellyulozasiga oʻxshash.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x