XIRAYAMA

XIRAYAMA Ikuo (1930.15.6, Ikuchjima sh.) — yapon rassomi, tadqiqotchi olim, Tokio nafis sanʼat va musiqa milliy universiteti prezidenti. Uning i. t. lari Buyuk ipak yoʻlining koʻp asrlik tarixiga bagʻishlangan. Toshkent, Samarkand, Buxoro sh. laridan olgan taassurotlari natijasi oʻlaroq «Turkiston xarobalari», «Buxoro», «Markaziy Osiyo» kabi kartinalari yuzaga keldi. Yaponoʻzbek madaniyati arboblari aloqalarini kengaytirishda, hamkorlikdagi arxeologik ekspeditsiyalar, koʻrgazmalar oʻtkazishda faollik koʻrsatmoqda. 2001-y. oʻz mablagʻiga Toshkentda Xalqaro madaniyat karvonsaroyi qurdirdi. YUNESKO—Yaponiya assotsiatsiyasining raisi. Yaponiya Sharq madaniyati muzeyining asoschisi va direktori. Afgʻoniston va Iroq madaniy yodgorliklari va tarixini sakdab qolish jamgʻarmasining prezidenti. Xalqaro mukofotlar (Avliyo Georgiy ordeni, Vatikan, 1974; Fransiya mukofoti, 1991; Shveysariya mukofoti, 1995), Yaponiyaning bir qancha mukofotlari, Oʻzbekiston BA ning «Oltin medali» bilan mukofotlangan (2002).

Shuhrat Yoqubov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x