XINAGUL

XINAGUL (Impatiens balsamina) — xinadoshlarga mansub bir yillik oʻt; ekma gul. Asosan, Osiyo va Afrikada, baʼzi vakillari Yevropa va Amerikada oʻsadi. Oʻzbekistonda manzarali oʻsimlik sifatida hovlilarda ekiladi. Poyasi tik shoxlangan, tanasi etli, boʻyi 30 — 60 sm. Barglari oddiy, tuxumsimon, ketmaket joylashgan. Gullari oq, pushti, kizil, oddiy yoki qatmaqat, barg qoʻltigʻidan chiqadi. Iyul—okt. dan gullab mevalaydi. Mevasi sersuv koʻsakcha. Urugʻlari choʻziq yoki dumaloq. Mevasi yetilgach, charsillab yorilib, urugʻlari atrofga sochilib ketadi. Urugʻi mart oyi oxirida sepiladi. Oʻzbek xonadonlarida qadimdan Xinaguldan kizjuvonlar soch va tirnoklarini boʻyashda foydalanishgan. Tibbiyotda maydalab yanchilgan bargpoya kismi tirnoq va teri kasalliklarini davolashda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x