FYUCHERS

FYUCHERS (lot. futurus — kelajak) — tovar yoki fond birjalarida xom ashyo tovarlari, oltin, valyuta, qimmatli qogʻozlarni hoz. amalda boʻlgan narxlarda, lekin yetkazib berish va haqini keyingi kelishilgan muddatlarga qoldirish b-n oldisotdi qilish boʻyicha bitishuvlar. Bitishuv ijrosiga qadar xaridor kamroq kafolat summasini (zakalat) beradi. Aksariyat hollarda Fyuchers bitimlari tovarni uzilkesil xarid qilish yoki sotish maqsadlarida emas, balki kelgusi bitishuvlarga nakd tovarni gʻamlash yoki tovarni keyinchalik qayta sotish xisobidan fonda olish maqsadlarida tuziladi. Hali ishlab chiqarilmagan tovarning namunalari boʻyicha oldisotdi bitishuvlarini ham Fyuchers deb atash mumkin. Fyuchers to muddati kelguniga kdsar birjalarda maklerlar tomonidan koʻp marta qayta sotiladi va sotib olinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x