XEUORS

XEUORS (Haworth) (Gevort, Xevort) Uolter Normen (1883.19.3, Chorli — 1950.19.3, Birmingem) — ingliz organikkimyogari. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1928-y. dan). Manchester universitetida (1911), Shotlandiyadagi SentAndrus universiteti kollejida ishlagan (1912-y. dan prof.). Nyukasldagi Darxem universiteti (1920—25), Birmingem universiteti (1925—48) prof. Asosiy ilmiy ishlari uglevodlar kimyosiga oid. Metilsulfat va ishqorlardan foydalanib kandlarning metil efirlarini olish usulini taklif etgan (1915). Bu usul uglevodlar tuzilishini oʻrganishda muhim rol oʻynagan. S vitaminning tuzilishini aniklagan va uni ilk bor sintez qilgan (1933, T. Reyxshteyn bilan bir vaqtda). Nobel mukofoti laureati (1937).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x