XETTLAR

XETTLAR — Kichik Osiyoda qadimda yashagan xalq. Xett tilida soʻzlashgan. Shuning uchun ham odatda X. yoki ularning avlodlari Kichik Osiyoga Bolqon («gʻarbiy» nazariya) yoki Kavkaz orqali («sharqiy» nazariya) kelib joylashgan deb hisoblanadi. Qad. Xett podsholigida shaharlarning sharqqa xos uslubda qurilishi Xettlarning Kavkaz orqali koʻchib kelganini koʻproq tasdikdaydi. Anatoliyaning savdo markazlaridan topilgan akkad tilida yozilgan hujjatlarda xett tiliga mansub soʻzlar va shaxs nomlarining uchrashi, Xettlarning mil. av. 3—2ming yilliklardan boshlab Kichik Osiyoda yashay boshlaganligini koʻrsatadi. Mil. av. 14—12-a. ning boshlarida Xett podsholigida xett tili asosiy davlat tili boʻlsada, X. boshqa etnik guruhlar bilan qoʻshilib keta boshlagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x