XERSON

XERSON — Ukrainaning Xerson viloyatidagi shahar. Viloyat markazi. Dneprning oʻng sohilida, uning Dnepr limaniga quyilish joyida. Dengiz va daryo porti. T. y. chorrahasi. Aeroport bor. Tarkibida 3 shahar tumani mavjud. Aholisi 328,4 ming kishi (2004).

Shahar 1778-y. da kemasozlik korxonalari bilan birga Qora dengiz flotani barpo etish uchun qalʼa sifatida vujudga kelgan va Xersones Tavricheskiy deb atalgan. 1783 ydan uyezdshahri. 1803-y. dan gubernya markazi. Yetakchi sanoat tarmoqlari — kemasozlik va mashinasozlik (kombayn, kardan vallari, elektromashinasozlik zavodlari va b.), neftni qayta ishlash, yengil (ip gazlama kti va b.), oziq-ovqat (konserva, goʻsht, baliq va b.), qurilish materiallari, mebel sanoati tarmoqlari rivojlangan. 4 oliy oʻquv yurti, 2 teatr, filarmoniya, telemarkaz, badiiy, oʻlkashunoslik muzeylari bor. Shaharda Ukraina obikor dehqonchilik i. t. instituta, baliq xoʻjaligi i. t. institutining boʻlimi, Jan. Ukraina sinov styasi mavjud. Meʼmoriy yodgorliklardan Arsenal (18-a.), GrekSofiya cherkovi (1780), Svyatoy Dux monastiri (19-a. boshlari), Spas sobori (1806), Qora dengiz gospitali (1803—10) saklangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x