XEMOTROPIZM

XEMOTROPIZM (xemo… va tropizm) , kimiotropizm — kimyoviy moddalarning bir yoklama taʼsirida oʻsimlik organlarining burilib oʻsishi (oʻsuv yoʻnalishini oʻzgartirishi). Baʼzi moddalar oz mikdorda musbat X. (oʻsimlik organlarining taʼsirot tomonga qarab oʻsishi) koʻp mikdorda esa manfiy X. (organlarning taʼsirot tomondan qaramaqarshi tomonga qarab oʻsishi) hosil kiladi. Chang naychalarining urugʻkurtakka qarab oʻsishida, zamburugʻlar gifasining xoʻjayinoʻsimlik toʻqimasiga qoʻshilib oʻsib ketishida, ildizning oʻgʻit donalari tomonga qarab oʻsishida X. kuzatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x