XELSINKI UNIVERSITETI — Finlyandiyadagi yirik oliy oʻquv yurtlaridan biri. 1640-y. Turku sh. da tashkil etilgan. 1828-y. Xelsinki sh. ga koʻchirilgan. Teologiya, huquq, tibbiyot, falsafa, tarix, filol., tabiiy mat., qishloq va oʻrmon xoʻjaligi, ped. boʻyicha mutaxassislar tayyorlaidi. Kutubxonasi (1640-y. tashkil etilgan)da 2 mln. ga yaqin asar sakdanadi. 27 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые