XEKLAR

XEKLAR, merluzalar (Merlucciidae) — treskasimon balikdar oilasi. Gavdasining uz. 1,3 m gacha (odatda, 40 sm ga yaqin), vazni 10 kg gacha. Orqa suzgichi 2 ta. 4 urugʻi, 15 turi bor. Atlantika va Tinch okeanning iliq va subtropik suvlarida yashaydi. Kumushrang X., asosan, Shim. Amerika sohillari yakinida keng tarqalgan. Uz. 70 sm gacha; 3—4 yidda voyaga yetadi. May — okt. da 40—150 m chuqurlikda 400 minggacha uvildiriq tashlaydi. Hayotining dastlabki yillarida mayda qisqichbaqasimonlar, voyaga yetgandan soʻng yirik umurtqasizlar (kalmar, krevetka) va b. baliqlar bilan oziklanadi. Xeklarning 1 turi Qora dengizda uchraydi. Barcha X. yirtqich. Ovlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x