XAYROBODTEPA

XAYROBODTEPAshahar xarobasi (mil. av. 1 a. — mil. 3—4-a. lar) Termiz sh. (Surxondaryo viloyati)dan 30 km shim. da, Angor qishlogʻi yaqinida joylashgan. Tarhi toʻrtburchak (150×100 m), minoralari boʻlgan mudofaa devori va xandaq bilan oʻralgan. Xayrobodtepaning jan. sharqiy qismida mustahkamlangan ark boʻlib, uning atrofiga ham xandaq qazilgan. X. qadimda devor bilan teng 2 qismga ajratilgan. Devorning eni 8 m, saqlangan bal. 10 m. X. ning bir qismida ilk va rivojlangan oʻrta asrlarda ham hayot davom etgan. Arxeologik qazishmalar natijasida sopol idishlar, terrakota haykalchalar, baqtriy yozuvi bitilgan xumlar, Sapadbiz, Neron, Kadfiz II, Kanishka, Vasudeva tangalari chiqqan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x