Xayrobod eshon majmuasi


Post Views:
43

XAYROBOD ESHON MAJMUASI (Qatortol ko‘chasi) – me’moriy yodgorlik (18–19-asrlar). Xayr­obod eshon mablag‘iga usta Qoraxo‘ja rahbarligida bunyod etilgan. Majmua masjid, maqbara, hovuzli hovlidan iborat. Maqbara trapetsiya tarhli (7,5×7,7 m), bezaksiz, pishiq g‘ishtdan ganch qorishmasida barpo etilgan. Masjid to‘rtburchak xonali (12,5×16,5 m), oldi va shim. tomondan ustunli ayvonlar bilan tutashgan. Masjidning ichki devorlariga taxmonlar va navoli tokchalar ishlangan. Ayvonlar islimiy naqshlar bilan bezatilgan. 20-asrda ta’mirlangan. Hovuz saqlanmagan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/xayrobod-eshon-majmuasi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x