Xatamjon Abduraxmonovich Ketmonov


Post Views:
96

Xatamjon Abduraxmonovich Ketmonov
Xatamjon Abduraxmonovich Ketmonov

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezi­dentligiga nomzod Xatamjon Abduraxmonovich KETMONOV 1969 yilda Andijon viloyatining Baliqchi tumanida tug‘ilgan.

Millati — o‘zbek. Ma’lumoti — oliy, 1993 yilda Andijon davlat tillar pedagogika institutini tugatgan.

Mehnat faoliyatini 1993 yilda Farg‘ona viloyati Toshloq tumanidagi 28-sonli o‘rta maktabda o‘qituvchilikdan boshlagan. 1995-2004 yillarda Farg‘ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasi bosh mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2004-2013 yillarda Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari lavozimida mehnat qilgan.

Xatamjon ­Ketmonov viloyatda jamoat tashkilotlarini rivojlantirish, mintaqaning ijti­moiy-iqtisodiy masalalarini yechishda ularning rolini oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha amaliy choralarning hayotga tatbiq qilinishida faol ishtirok etdi.

Uning bevosita ishtirokida viloyatda davlat va jamoat tashkilotlarining o‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol rivojlantirish, yosh­larning siyosiy, huquqiy ongini yuksaltirish, fuqarolik burchlarini anglashlari yo‘lidagi faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.

2013 yilda Xatamjon Ketmonov O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi etib saylandi.

O‘tgan davr mobaynida partiyaning markazda va joylardagi tashkiliy kadrlar salohiyatini sezilarli darajada oshirdi, partiya elektoratini o‘ylantirayotgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni yechishda partiya tashkilotlarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlari bilan hamkorligini yaxshilashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirdi.

2014 yilda u O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylandi.

2015 yildan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Oilali, uch nafar farzandi bor.

Manba

https://shosh.uz/uz/xatamjon-abduraxmonovich-ketmonov/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x