XARYANA

XARYANAHindiston shtati, HindGang tekisligida joylashgan. Mayd. 44,2 ming km2. Axrlisi 21 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Chandigarh sh. Shtat 1966-y. da Panjob shtatining boʻlinishidan tashkil etilgan. Shuning uchun landshafti, xoʻjaligi, rivojlanish darajasi va ixtisoslashuviga kura Panjob shtatiga yaqin. Biroq aholisining aksari qismi xindi tilida soʻzlashadi va hinduizm diniga eʼtiqod qiladi. Iqlimi keskin kontinental, quruq iqdim. Yillik yogʻin 400 mm gacha. Iktisodiyotida q. x. yetakchi oʻrinda. Asosan, donli ekinlar, paxta, shakarqamish va kartoshka ekiladi. Sanoati q. x. mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Kichikroq taxta tilish, qogʻoz fkalari, shakarqand va kraxmal zavodlari, oyna sanoati korxonalari bor. Aniq va jarroxlik, optik asboblar ishlab chikariladi. Yengil va aniq mashinasozlik, velosiped, traktor zavodlari va neftkimyo kompleksi ishlab turibdi. Elektr styalar quvvati 3 mln. kVt (2002).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x