Xarkov-33

Toʻra Sulaymon oʻta didli, yigʻinchoq boʻlganligi uchun safarda, kundalik hayotda kerak boʻladigan, hatto attorning qutisidan ham topib boʻlmaydigan zarur buyumlarni xarid qilib bizning koʻzimizni kuydirardi. 1960–70 yillarda mashhur boʻlgan Ukrainaning Xarkov shahrida ishlab chiqarilgan soqol oladigan yangi elektr mashinkani koʻz-koʻz qilib, har kuni ertalab iyagini qirtishlay boshlardi.

– Kalga temir taroq, koʻsaga mashinka yarashadi, – deb gʻashiga tegardim.

Oradan bir hafta oʻtmay, Toʻra aka huddi oʻsha mashinkani “SirFA akademigi, gʻirt koʻsa Toʻra Sulaymondan xavaskor koʻsa, QirFa akademigi mullo Tursunboy Adashboy oʻgʻliga” deb kaminaga tortiq qildi.

 

Tursunboy Adashboyev

 

“Ijod olami”, 2018/6

https://saviya.uz/hayot/mashhurlar-hayoti/xarkov-33/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x