XARAJATLAR

XARAJATLAR, sarfxarajatlar, chiqimlar — tovarlarni i. ch. va muomalasi jarayonida turli resurslar (xom ashyo, materiallar, mehnat, xizmatlar, mablagʻlar) sarflari bilan bogʻliq chiqimlarning pul shaklidagi ifodasi. Asosan, i. ch. va muomala X. ga boʻlinadi. Ishlab chiqarish X. i: doymi y X. — ishlab chiqariladigan mahsulot hajmiga bogʻliq boʻlmagan chikimlar (mas, hududni qoʻriklash, maʼmuriyatni, binoimoratlarni saqlash chiqimlari); oʻzgaruvchan X. — ishlab chiqariladigan mahsulot yoki koʻrsatiladigan xizmat hajmiga bogʻliq boʻlgan chiqimlar, (mas, materiallar, xom ashyo sotib olish, ishbay xodimlar mehnatiga haq toʻlash bilan bogʻliq sarflar). Toʻliq (umumiy, yalpi) X. — doimiy va oʻzgaruvchan X. yigʻindisi; bevosita ishlab chiqarish Xarajatlari (aniq bir mahsulotni i. ch. bilan bogʻliqva uning tannarxiga kiritiladigan chiqimlar), ekspluatatsiya Xarajatlari — mashina, uskuna, transport vositalari va b. dan foydalanish bilan boglis chikimlar. Muomala Xarajatlarga qoʻsh im cha muomala chiqimlari (i. ch. jarayonlarini muomala sohasida davom etishi — qadoqlash, sakdash, sotiladigan joyga eltish va b. bilan bogʻliq) vasof muomala chiqimlari (bevosita oldisotdi operatsiyalari bilan bogʻliq) X. kiradi. Muomala X., odatda, isteʼmolchilar uchun (transportekspeditorlik chiqimlari, bojxona boji toʻlash, port soliq va yigʻimlarini toʻlash, bank xizmatlari uchun chiqimlar, vakillik X. i), ishlab chiqaruvchilar uchun (savdosotiq boʻlinmasini sakdash, marketing tadqiqotlari, reklama, transportekspeditorlik chiqimlari, vositachilarga haq toʻlash, sotishdan oddinti servis va texnika xizmati uchun chikimlar, bank operatsiyalari boʻyicha xarajatlar, vakillik xarajatlari va b.) va savdo uchun (tovarni xarid qilish, tashish, sakdash va sotish bilan bogʻliq chiqimlar) alohida hisobkitob qilinadi.

Resurslardan foydalanish samaradorligini taxdil qilishda «muqobil X.» tushunchasi (agar hozirgi mavjud i. ch. oʻrniga muqobil i. ch. boʻlganida olinishi mumkin boʻlgan qiymat) qoʻllanadi. Bu X. ga foizlar va mulkdorga toʻlanadigan haq ham kiritiladi. Xarajatlarni qisqartirish foydani koʻpaytirishning muhim talabi hisoblanadi.

Alisher Vahobov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x