XANTAL

XANTAL, gorchitsa — karamdoshlar oilasining Sinapis va Brassica turkumiga mansub bir va koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi; moyli ekin. Vatani — Oʻrta dengiz boʻylari. Yevropa, Shim. Afrika va Osiyoda tarqalgan. Sinapis turkumi 7—10 turni oʻz ichiga oladi. Oq X. turi (S.alba) Oʻrta dengiz mamlakatlarida oʻstiriladi, asosan, Gʻarbiy Yevropada ekiladi. Boʻyi 25 — 100 sm, poyasi tik oʻsadi. Toʻpguli koʻp gulli, ikki jinsli, oʻzidan hamda chetdan changlanadi. Mevasi qoʻzoqcha. Urugʻi och sariq yoki och jigarrang, taʼmi achchiq, efir hidi keladi. Yovvoyi X. yoki dala Xantali (S.arvensis) bir yillik (bahorgi ekinlar dalalarida oʻsadigan) begona oʻt. Yevropa, Shim. Afrika va Osiyodatarkalgan. Qor a X. (S.nigra) qoʻzoqlari poyaga yopishgan. Kichik Osiyo, Yevropa va Amerikada ekiladi. Xabashiston X. i (B.carinata) Efiopiyada ekiladi. X. namsevar, sovuqqa chidamli, uzun kun oʻsimligi. Oʻsuv davri 95—120 kun. X. urugʻidan non, qandolatchilik, konserva, parfyumeriya sanoatida ishlatiladigan sifatli moy olinadi (35 — 40%). X. kunjarasidan olinadigan kukundan tibbiyotda ishlatiladigan xantalli qogʻoz va isteʼmol kilinadigan ziravor boʻtqa tayyorlanadi. Xantal nyng ildizmevali va bargli navlari sabzavot oʻsimligi hisoblanadi. Hamma Xantallar asal beruvchi ekin.

Halima Otaboyeva.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x