XALSEDON

XALSEDON (Marmar dengizi sohilidagi qad. Xalkedon sh. nomidan) — mineral, kvarsning yopiq kristalli turi. Tarkibida aralashma holda Gʻye3+, A13+, 1—1,5% suv va b. boʻladi. Tolalari parallel va radial shuʼlasimon shakllar hosil qiladi. Kurtak, poʻstloq va shodasimon hamda stalaktitga oʻxshash agregat, tomir va konkretsiyalar hosil qiladi. Oq, kulrang, havo rang, sariq, koʻk, qizgʻishqoʻngʻir rangli turi koʻp. Mumdek yaltiroq. Qattiqligi 6,5—7, zichligi 2,6 g/sm3. Mumli Xalsedonning turlari: rangi boʻyicha — serdolik, xrizopraz, sarder, moxovik, sapfirin va b. ; teksturasi boʻyicha — agat (aqiq), oniks va b. mavjud. Kimyoviy va biogen choʻkindi jinslar tarkibiga kiradi. X. — keng tarqalgan jins hosil qiluvchi mineral. Past trali gidrotermal eritmalardan hamda diagenez, epigenez va nurash jarayonlarida hosil boʻladi; issiq buloqlarda toʻplanadi. X. koʻpgina kremniyli jinslar, shunintdek, yashmaning asosiy komponenti. Koʻpincha kvars va opal bilan birga uchraydi. Abraziv material sifatida, soat toshlari, zargarlik buyumlari tayyorlaщda qadimdan ishlatiladi. Baykal orti sharkida (Tudsun), Ural (Magnitogorsk), Kavkaz jan. da (Axaltaka), Qrim (Qoradogʻ) da X. konlari mavjud. Oʻzbekistonda Qurama togʻlarida, jan. hududlarda va Toshkazgʻanda topilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x