XALQARO TILLAR — turli davlatlar xalqlarining aloqa vositasi boʻlib xizmat qiladigan tillar. Tabiiy tillarga va sunʼiy tillarga boʻlinadi. Tabiiy Xalqaro tillarning xalqarolik vazifasi aniq boʻlsada, milliy yoki qabilaviy tillardan foydalanishga nisbatan ikkinchi darajali hisoblanadi. Sunʼiy Xalqaro tillarning xalqarolik vazifasi birlamchi hisoblansada, ular har doim ham roʻyobga chiqmagan, chunki bunday tillarning hammasi ham millatlararo aloqaaralashuv amaliyotida qoʻllanavermagan.
Tabiiy Xalqaro tillar qad. da va oʻrta asrlarda mintaqaviy xarakterga ega boʻlgan (ularning qoʻllanishi muayyan mintaqa, hudud bilan chegaralangan). Chunonchi, Qad. Sharq xalqlarida aloqa vositasi sifatida xitoy tili (iyeroglifik shaklda), Gʻarbiy Osiyoning qad. davlatlarida turli davrlarda shumer, akkad va oromiy tillari qoʻllangan. Yunon tili ellinistik dunyoning, lotin tili esa turli tillarda soʻzlashuvchi Rim imperiyasining umumiy tili boʻlgan. Oʻrta asrlarga kelib Yakin Sharq hududida arab va fors tillari, slavyan mamlakatlarida esa qad. slavyan tili Xalqaro tillar vazifasida qoʻllana boshlagan. Yangi davrda, maʼlum obyektiv sabablar tufayli avvaddan sakdanib qolgan mintaqaviy Xalqaro tillar guruxi bilan bir qatorda dunyo miqyosida qoʻllanuvchi Xalqaro tillar (jahon tillari) ham paydo boʻldi.
U yoki bu tilning Xalqaro tillar darajasiga koʻtarilishi estralingvistik (siyosiy, iktisodiy va madaniy) va lingvistik (til funksional tizimdarining rivojlanganligi, sohaviyʻ terminologiyalarning mavjudligi va b.) omillar yigʻindisi bilan belgilanadi. Jahon tillari soni tobora ortib bormoqda. 18-a. dan soʻng («fransuz tili umumiy til boʻlgan asr» deb ham nomlanadi) astasekin ingliz va nemis tillari, 20-a. dan esa rus va b. bir qancha tillar jahon miqyosida qoʻllana boshladi. Xalqaro tillarning xalqaroligi ularning xalqaro tashkilotlar yoki konferensiyalarning (BMT, YUNESKO) «rasmiy» yoki «ishchi» tili sifatida tan olinishi tufayli ushbu maqomda yuridik jihatdan mustahkamlanishi bilan belgilanadi (mas, ingliz, arab, ispan, xitoy, rus, fransuz tillari BMTning rasmiy va ishchi tillari hisoblanadi).
Xalqaro tillarni koʻp millatli davlat ichida qoʻllanuvchi, millatlararo aloqa vositasi hisoblanuvchi tillardan farqlash kerak. Baʼzi tillar ham xalqaro, ham millatlararo til sifatida qoʻllanishi mumkin (mas, rus va xitoy tillari).
Sunʼiy Xalqaro tillar deganda alokaaralashuv uchun maxsus shakllantirilgan yasama kommunikativ tizimlar tushuniladi. Lotin tilining xalqarolik vazifasi susayishi munosabati bilan 17-a. dan boshlab sunʼiy tillarning kuplab loyihalari paydo boʻla boshladi. 1629-y. da fransuz faylasufi R. Dekart lingvoloyihalash nazariyasiga asos soldi. 17 — 19-a. larda sunʼiy tillarni yaratuvchilar koʻpincha tabiiy tillarni nomukammal tillar sifatida tanqid qilib, sunʼiy tillarni tabiiy tillarga almashtirilishi zarur boʻlgan universal tillar deb baxrlaganlar. 18-a. oʻrtalarida xalqaro aloqaning maxsuslashgan vositasi hisoblangan va tabiiy tillar bilan yonmayon mavjud boʻlgan sunʼiy tilning yordamchilik, vositachilik xususiyati haqida tasavvur shakllandi. 1879-y. da yaratilgan volapyuk ham ogʻzaki, ham badiiy ijod sohasidagi aloqa doirasida qoʻllangan dastlabki sunʼiy tildir. 1884—89 y. larda volapyuk tarafdorlarining 3 ta xalqaro konferensiyasi oʻtkazilgan, unda dunyoning turli mamlakatlarida bir necha oʻnlab gaz. va jur. lar nashr etilgan boʻlsada, bu harakatlar uzoq davom etmadi. Fakat esperantotina (1887-y. da yaratilgan) keng ommalashib, unda koʻp kishilar soʻzlashadigan boʻldi. Shunday boʻlsada, esperanto har doim tor doiradagi yordamchi, ikkilamchi til sifatida qoʻllangan. Sunʼiy tillardan ido (1907), oksidental (1921—22) va interlingva (1951) ham u qadar muvaffaqiyat qozonmay, tor kommunikativ doirada qoʻllanib kelmoqda (yana q. Sunʼiy tillar), Lekin mazkur sunʼiy Xalqaro tillarning barchasi gʻarbiy tillar materiallari negizida shakllangan boʻlib, sharq tillari uchun begona hisoblanadi. Oʻtgan asrning 90-y. larida Oʻzbekistonda va bir qator turkiyzabon davlatlarda turkiy xalqpar uchun mushtarak boʻlgan xalqaro til — oʻrta turk tilini yaratishga va joriy qilishga urinishlar, daʼvatlar boʻlgan boʻlsada, bu urinishlar hozircha bironbir ijobiy natija bergani yoʻq. Haqiqiy Xalqaro tillar faqat tarixiy jarayonda aniq mavjud boʻlgan milliy tillar bazasida vujudga kelishi mumkin.
Ad.: Svadost E. P., Kak vozniknet vseobщiy yazыk? M., 1968; Problemы interlingvistiki, M., 1976; Reformatskiy A. A., Vvedeniye v yazыkovedeniye, M., 1998.
Abduvahob Madvaliyev.