XALQARO KREDIT

XALQARO KREDIT — davlatlar, banklar, firmalar, bir mamlakatdagi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan boshqa mamlakatlar hukumatlari, banklari, firmalariga beriladigan kreditlar; pul va moddiy vositalarning xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi harakati. Xalqaro kredit jahon xoʻjaligiiint paydo boʻlishi va rivojlanishi bilan bogʻliq. Xalqaro kreditning moxiyati, shakli va vazifalari ijtimoiyiqtisodiy sharoitga qarab oʻzgarib turadi. Muddatiga koʻra qisqa (1 yilgacha), oʻrta (1 yildan 5—7 yilgacha), uzoq (5—7 yildan koʻp) muddatli boʻladi. Firma kreditlari asosan qisqa va oʻrta muddatlarda tovar shaklida taqdim etiladi. Bank kreditlari tijorat yoki eksportimport banklari tomonidan yirik loyihalarni moliyalashtirishda qoʻllaniladi. 20-a. ning 50-y. laridan boshlab davlatlararo kreditlar keng tus oldi. Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro tiklanish va tarakqiyot banki, Yevropa tiklanish va tarakkiyot banki, Osiyo rivojlanish banki va b. banklar faoliyatida aʼzo mamlakatlarga kreditlar ajratish muhim oʻrinda turadi. 20-a. oxirlaridan Xalqaro kreditning lizing, faktoring va qoplanma bitishuvlar boʻyicha kreditlar turlari keng tarqaldi (q. Kredit).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x