VUPPERTAL

VUPPERTAL — GFR dagi shahar. Shim. Reyn-Vestfaliya yerida, Vupper daryosi boʻyida. Aholisi 372,4 mingdan ziyod kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Muhim transport yoʻllari tuguni. Germaniyadagi toʻqimachilik sanoatining yirik markazi. Toʻqimachilik mashinasozligi, elektrotexnika asboblari, kimyo-farmatsevtika, qogʻoz, rezina sanoati rivojlangan. Vuppertal 1929—30 y. lar-da Barmen, Elberfeld va b. shaharlarning qoʻshilishidan vujudga kelgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x