VUDVORD

VUDVORD (Woodward) Robert Berne (1917.10.4-1979.8.7) – amerikalik organik kimyogar. Garvard un-ta professori (1950-y. dan). Vudvord murakkab va biologik muhim organik birikmalar: xinin (1944), kortizon (1951), rezerpin (1956), xlorofill (1960), tetratsiklinni (1962) sintez qilgan, shuningdek strixnin, terramitsin bilan aureomitsin, magnamitsin, tetrodoksin va b. bir qancha muxim tabiiy birikmalarning tuzilishini aniqlagan, organik reaksiyalar mexanizmiga doyr bir qancha muhim tadqiqotlar oʻtkazgan. Nobel mukofoti laureati (1965).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x