VRACH NAZORATI

VRACH NAZORATI (jismoniy tarbiya va sportda) — jismoniy tarbiya va sport b-n shugʻullanmoqchi boʻlganlarni saralash, bajarilayotgan mashqlaring ular organizmiga taʼsirini (ijobiy, salbiy) oʻrganish maqsadida oʻtkaziladigan tibbiy nazorat; sport tibbiyotining asosiy qismi. Vrach nazoratining asosiy vazifalari: jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanmoqchi boʻlganlarning salomatligi, funksional holatini aniqlash va olingan natijalarga asosan ularning mashqlar bilan shugʻullanishi uchun ratsional tavsiyanomalar berish; jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish jarayonida mashqlar taʼsirida jismoniy rivojlanish, salomatlik, funksional holatda boʻlayotgan oʻzgarishlarni muntazam kuzatib turish; mashqlarni notoʻgʻri bajarish oqibatida kelib chiqadigan patologik holatlarni aniqlash, oldini olish va davolashdan iborat.

Nazorat vrachi jismoniy mashqlar vositalarini qoʻllashda vrachlik-jismoniy tarbiya dispanserlarining tashkiliy-metodik ishlariga rahbarlik qiladi; jismoniy tarbiya va sport b-n shugʻullanmoqchi boʻlganlar yoki shugʻullanayotganlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazadi; optimal harakat tartibini koʻrsatadi; jismoniy tarbiya va sport boʻyicha vrachlik konsultatsiyasini beradi; jismoniy tarbiya darslari va sport mashqlari jarayonida vrach-pedagog nazoratini olib boradi; ommaviy sport tadbirlarida tibbiy yordam koʻrsatadi. Vrach nazorati boʻyicha tashkiliy-metodik rahbarlikni vrachlik-jismoniy tarbiya dispanserlari olib boradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x