VORUX KITOBALARI, Vorux katibalari — yozuv yodgorlik. Isfayramsoy (Fargʻona vodiysi)ning yuqori qismidagi Vorux qishlogʻi yaqini (4 km nari)dan topilgan. U tik qoyatoshga kufiy yozuvda oʻyib bitilgan. Vorux kitobalari balandligi 2 m., uz. 6,15 m. 1041-y. ga oid 1-kitobada qoraxoniylar sulolasiga mansub Isfara hukmdori Abulfazl Abbos Arslon Teginning nomi va nasabi, uning ayrim ishlari yozilgan. 2-kitoba hali oʻqilmagan; bunisi 8-a. oxiri — 9-a. boshlarida yozilgan deb taxmin qilinadi. Vorux kitobalari qoraxoniylar sulolasi hukmronligi tarixini oʻrganishda muhim manba hisoblanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые