VOLT-AMPER XARAKTERISTIKASI — tokning elektr zanjir elementiga qoʻyilgan kuchlanishiga yoki elektr zanjir elementidagi kuchlanish tushishining element orqali oʻtayotgan elektr tokiga bogʻlanishini ifodalovchi grafik: l=f(U). V-a. x. asboblarning turiga qarab toʻgʻri chiziq yoki egri chiziq koʻrinishida boʻlishi mumkin. Agar element qarshiligi tok qiymatiga bogʻlliq boʻlmasa, V-a. x. koordinata boshi orqali oʻtuvchi toʻgʻri chiziqdan iborat boʻladi. V-a. x. yordamida asboblarning xususiyatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar olish va ularning tegishli parametrlarini aniqlash mumkin. Elektron asboblarning qanday sxema va qurilmalarda ishlatilishi ularning V.-a. x. ga qarab belgilanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые