VOLT-AMPER — Xalqaro birliklar tizimi (SI)da oʻzgaruvchan tok toʻliq quvvatining oʻlchov birligi. Elektr zanjirdagi tok kuchi A taʼsir qiymatining uning qismlaridagi kuchlanish V ga koʻpaytmasidan iborat. V-A bilan belgilanadi. Faol quvvat (birligi — vatt) va reaktiv quvvat (birligi — var) xillarga boʻlinadi. V.-A manbaning zanjirga bergan eng koʻp quvvatini yoki elektr zanjiri isteʼmol qiladigan toʻla quvvatni bildiradi. Nominal toʻla quvvat oʻzgaruvchan toqsa ishlaydigan elektr mashinalari, transformatorlar parametrlarini, shuningdek nominal kuchlanishda ulardagi eng katta tok kuchini aniqlash imkonini beradi. Tok va kuchlanishning amaldagi qiymatlari ampermetr va voltmetr bilan oʻlchanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые