VOLOST SUDI

VOLOST SUDI — Rossiyada umumiy sudlardan alohida turgan (ajratilgan) quyi tabaqa dehqon sudi (1861 — 1917). Hayʼati rais va sud maslahatchilaridan iborat boʻlib, mahalliy urf-odatlarga tayangan holda, dehqonlar turmushida koʻp uchraydigan fuqarolik va jinoyat ishlarini koʻrgan, 1861-y. gi yer islohotidan keyip qishloqlarda volost miqyosida dehqonlar oʻrtasidagi oldi-berdilarni, mulk taqsimlash va merosga oid ishlarni muxrkama qilgan. Volost sudi s (hayʼati aʼzolari) dehqonlarning umumqishloq yigʻinida saylangan, raisi yuqori maʼmuriyat tasdigʻidan oʻtkazilgan. Turkistonda volost (kent — q. Viloyat) qozi va biylari faqat hududiy jihatdan shahar qozi va biylaridan farqlangan. 1917-y. Oktyabr toʻntarishidan soʻng Volost sudi tugatilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x