VOLGA

VOLGA (qadimda Ra, oʻrta asrlarda I t i l yoki E g ye l) — RF Yevropa qismidagi eng yirik va sersuv dare. Uz. 3530 km (suv omborlari qurilishidanʻ olain 3690 km). Havzasining mayd. 1360 ming kmʻ. Valday qirlaridan boshlanib (228 m balapdlikdan), Kaspiy dengiziga delta hosil qilib (mayd. 19 ming km2) quyiladi. Volgaga 200 tacha irmoq qoʻshiladi. Chap irmoqlari oʻng irmoqlariga nisbatan koʻp va sersuvroq. V. Verxit. Sterj, Vselug, Peno, Volgo kabi bir qancha koʻllardan oqib oʻtadi. Oʻng irmoq — Oka quyilish joyidan Volga nipg oʻrta oqimi (to Kama daryosi quyilishigacha) boshlanadi va daryo Volga boʻyi qirlarining shim. va sharqiy yon bagʻirlari boʻylab oqib, Jiguli togʻlarini aylanib oʻtadi va Samara yoyi deb ataladigan juda katta tirsak hosil qiladi. Volgograd sh. yaqinida Volgadan uz. 520 km boʻlgan Axtuba chap tarmogʻi ajralib chiqadi. Volganing chap irmoqparidan Mologa, Sheksna, Kostroma, Unja, Vetluga, Kama, Samara, Katta Irgiz va b. ; oʻng irmoqparidan Oka, Sura, Sviyaga eng yirik irmoqlardir. Volga asosan qor (yillik oqimining qariyb 60%), grunt (30%) va yomgʻir (10%) suvlaridan toʻyinadi. Yoz va qishda daryo suvi juda kamayib ketadi, baʼzan yozda ketma-ket jala yogʻganda suv sathi koʻtariladi. Volganing yuqori va oʻrta qismi noyab. oxirida muzlab, apr. oʻrtasida eriydi, quyi qismi esa dek. oʻrtasida muzlab, mart oʻrtasida muzdan boʻshaydi. Quyilish yeridan Rjevgacha (3256 km) muntazam kema qatnaydi. Volganing suv rejimini tartibga solish, daryoni chuqurlashtirib, kemalar qatnovini yaxshilash va arzon elektr energiya olish maqsadida daryoda GES lar qurildi. V. Volga-Boltiq suv yoʻli orqali Boltiq dengizi b-n, Shim. Dvina suv sistemasi va Oq dengiz-Boltiq kanali orqali Oq dengiz b-n, kema qatnaydigan Volga-Don kanali orqali Azov va Qora dengizlari b-n, Moskva sh. bilan Moskva nomli kanal orqali bogʻlangan. Volga sohilida Tver, Yaroslavl, Nijniy Novgorod, Qozon, Ulyanovsk, Samara, Saratov, Volgograd, Astraxon sh. lari joylashgan. Volgada 70 tur baliq yashaydi, bulardan 40 turi ovlanadi. Daryoda yogʻoch, yogʻochsozlik mahsulotlari, neft, tuz, ruda, binokorlik materiallari, galla, meva va b. tashiladi. Volga havzasida Volga-Kama, Jigulevsk, Astraxon qoʻriqxonalari. Samarskaya Luka tabiat milliy bogʻi mavjud. Antropogen taʼsir natijasida Volgada ekologik vaziyat keskin yomonlashdi. Volganing tabiiy majmuasini tiklash uchun ilmiy izlanishlar olib borilmokda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x