VODOROD BOGʻ

VODOROD BOGʻ — bir yoki ikki molekuladagi ikki yoki bir necha atom orasida vodorod atomi orqali bogʻlanish. Vodorod boshqa elementlardan atomida yagona elektroni borligi bilan farq qiladi. U bu elektronini elektr-manfiyroq elementga berib, ionli yoki qutbli birikma hosil qilganida, uning yadrosi (N+) butunlay yoki bir qadar elektrsizlanadi. N+ ionining radiusi juda kichik boʻlganligidan, u oʻz atrofida anchagina kuchli elektr maydonini vujudga ke l tirad i. Agar bunday yadro oldiga elektrmanfiyroq bir element yaqin kelsa, uning elektronlarini tortadi va natijada vodorod bogʻlanish hosil boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x