VLADIMIROVA Ninel Vasilyevna

VLADIMIROVA Ninel Vasilyevna (1929.24.4, Nikolayev sh.) — adabiyotshunos, tarjimon. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1984), filol. fanlari d-ri (1981). Oʻrta Osiyo davlat un-ti sharq f-tini tugatgan (1950). Oʻzbekiston FA Til va adabiyot in-tida ilmiy xodim (1950—81; 1985-y. dan), direktor oʻrinbosari (1981—85). Oʻzbek adabiyotida hikoya janri, badiiy tarjima nazariyasi haqida i. t. ishlari olib borgan. Oybekning «Mukammal asarlar» toʻplami (1—20; 1975—82) tu-zuvchilaridan. Said Ahmad («Ufq»), Mirmuhsin («Meʼmor»), Mirzakalon IsmoiliyFargʻona tong otguncha») romanlari va bir qancha hikoyalarni («Anor» toʻplami, 1967) oʻzbek tilidan rus tiliga tarjima qilgan. «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1999).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x