VIZUAL QOʻSHALOQ YULDUZ

VIZUAL QOʻSHALOQ YULDUZ — teleskopda qoʻshaloq boʻlib koʻrinadigan yulduz; oddiy koʻz bilan qaralganda boshqa yulduzlardan farqqilmaydi. Koʻpincha qoʻshaloq yulduzlarning biri ikkinchisidan bir necha sekund burchak narida joylashgan boʻladi. Vizual qoʻshaloq yulduz optik va fizik jihatdan qoʻshaloq boʻlishi mumkin. Optik Vizual qoʻshaloq yulduz tarkibiga kiradigan yulduzlar Yerdan har xil uzoqlikda boʻlib, ularning nur yoʻnalishlari tasodifan yonma-yon tushadi. Fizik Vizual qoʻshaloq yulduz fazoda bir-biriga yaqin joylashadi, oʻzaro tortishish kuchi bilan bogʻlangan boʻladi va ikkalasi bitta yulduz sistemasini tashkil etadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x