VIZGO Mixail Sigizmundovich

VIZGO Mixail Sigizmundovich (1902.11.10, Buxoro viloyati Kogon sh. — 1980.18.3, Kiyev) — gidrotexnik olim, Oʻzbekistan FA muxbir aʼzosi (1952), texnika fanlari d-ri (1947), prof. (1940), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan irrigator (1950). Oʻrta Osiyo paxtachilikirrigatsiya politexnika in-tini tugatgan (1930). 1925-y. dan Oʻrta Osiyo irrigatsiya i. t. in-tida, Toshkent irrigatsiya va q. x. ni mexanizatsiyalash injenerlari in-tida muhandis, katta ilmiy xodim, rahbarlik lavozimida. 1963—76 y. larda Ukraina gidrotexnika va melioratsiya i. t. in-tida ishladi. Ilmiy ishlari gidrotexnika inshootlarining quyi byeflarida yuvilishga qarshi kurash va bu hodisalar nazariyasiga bagʻishlangan. Bir qancha suv toʻgʻoni va GES qurilishida qatnashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x