GANSU

GANSU — Xitoyning shim.gʻarbidagi provinsiya. Mayd. 366,5 ming km2. Axrlisi 22,4 mln. kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Maʼmuriy markazi — Lanchjou. Relyefi, asosan, togʻlik. Iqlimi kontinental. Yillik yogin 150—400 mm, jan.-sharqida 600 mm gacha. Aksari qismi togʻ dashti va togʻ chuli landshaftlaridan iborat. Gansu asosan dehqrnchilik rni. Xuanxe daryosining yuqori oqimida sugʻorib ekiladigan dehqonchilik qadimdan rivojlangan. Gansu maydonining 11% ekinzor.

Bugʻdoy, tariq, gaolyan, makkajoʻxori, arpa, qand lavlagi, tamaki, paxta ekiladi. Chorvachilik rivojlangan (qoʻy, qoramol, qoʻtos, tuya, yilqi boqiladi). Yuymin atroflarida neft chiqariladi va qayta ishlanadi. Ozroq tosh-koʻmir, mis va temir rudalari qazib chiqariladi. Kimyo va metallsozlik sanoati korxonalari bor. G. hududi mil. av. 3—2-a. larda xitoyliklar tomonidan egallangan. Gansu provinsiya sifatida 13-a. da Sinyuan, Linchjao va Fin viloyatlarining birlashuvidan vujudga kelgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x