VIVIANIT

VIVIANIT (ing. mineralogi J. G. Vivian nomidan) — fosfatlar sinfiga kiruvchi mineral. Kimyoviy formulasi Gʻye3[RO4]2-8N2O. Monoklin singoniyali. Qoʻshimchalari: Mn, Mg, Ca, Gʻye+3. Rangsiz, koʻkimtir kristallar, nursimon, tolasimon agregatlar. Shaffof, vaqt oʻtishi bilan koʻk yoki toʻq yashil rangga kiradi. Yaltiroqligi shishasimondan xira sadafsimongacha. Kattiqligi 1,5—2. S. ogʻ. 2,7—2,9. Nurash mahsuloti. Torfli yerlarda keng tarqalgan. Ikkilamchi minerallar hamda pirit, pirrotin minerallari nurash mahsulotlarida uchraydi. Bavariya (Germaniya), Yugoslaviya, RF (Moskva yonidagi torfli yerlarda), Ukraina (Kerch temir ruda havzasida, Volin torfli yerlarida, Zakarpatye), Angliya, Boliviyada Vivianit konlari topilgan. Fosforli oʻgʻit sifatida va baʼzan koʻk boʻyoq tayyorlashda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x