VITERIT

VITERIT [ingliz olimi W. Withering (1741—1799) nomidan] — karbonatlar sinfiga kiruvchi mineral. Kimyoviy formulasi VaSO3. Rombik singoniyali. Rangi oq, kulrang, sariq, baʼzan rangsiz. Yaxlit buyraksimon, sharsimon, tolasimon agregatlar, kamdan kam kristallar. Qattikligi 3—3,5, s. og. 4,3. V. changi odam organizmiga zaharli taʼsir etadi. Odatda gidrotermal konlarda kalsit, dolomit Rv, Zn, Fe sulfidlari, koʻpincha barit bilan birga uchraydi. Ekzogen sharoitda hosil boʻlgan turlari maʼlum. Viteritning yirik konlari juda kam. Yagona oʻziga xos Viterit koni Angliyada (Nortumberlend). Chuqurlikdagi issiq suvlardan hosil boʻladi. Viterit bariy va uning tuzlari olinadigan ruda. RF (Chelyabinsk viloyati), Ukraina (Donbass, Podoliya va b.), Turkmanistonda topilgan. Oʻzbekistonda barit tomirlarida uchraydi (Qurama tizmasi va b.). Rezina va qogʻoz sanoatida, yuqori sifatli oq boʻyoq tayyorlashda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x