VITEBSK

VITEBSKBelorussiya Respublikasidagi shahar. Vitebsk vidoyatinint markazi. Gʻarbiy Dvina daryosining baland sohilida joylashgan. Gʻarbiy Dvina daryosidagi pristan. Yirik t. y. tuguni. Axolisi 361,8 ming kishi (1999). Vitebsk birinchi marta 1021-y. gi solnomalarda tilga olingan. Belorussiyaning Minsk va Gomel sh. laridan keyingi yirik sanoat markazi. Yengil sanoat yetakchi oʻrinda turadi. Toʻqimachilik sanoati korxonalari (paypoq-trikotaj f-kasi, gilam k-ti), tikuvchilik, poyabzal, zigʻir tola f-kalari bor. Boshqa muhim tarmoq mashinasozlikdir (stanoksozlik, elektr asboblari, radio va soat detallari, motor remonti, traktorlar uchun ehtiyot qismlar chiqaradigan z-d, metall buyumlari, asbobsozlik, televizion z-d va b. z-dlar mavjud). Oziq-ovqat sanoati (goʻsht, un va parranda k-tlari, yogʻ-ekstraksiya z-di va b.) rivojlangan. Vitebskda Belorussiyada eng yirik yogʻochsozlik k-tlaridan biri, uysozlik k-ti, qurilish materiallari k-ti, ohak materiallari va b. k-tlar ishlab turibdi. 4 oliy oʻquv yurti, 2 teatr, 2 muzey, Blagoveshchensk cherkovi (12-a.) bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x