VITALIZM

VITALIZM (lot. vitalis — hayotiy) — biol. dagi oqim. Organizmlarda hayotiy hodisalarni boshqaradigan, nomoddiy gʻayritabiiy kuchlar («hayotiy kuch», «jon» va b.) bor deb tushuntiradi. Vitalizmning asosiy qoidalari qad. dunyoda paydo boʻlgan. Aristotel hayot asosida goʻyo nomoddiy dinamik ibtido — «entelexiya» yoki jon yotadi, degan tasavvurni rivojlantirdi. 17-a. da golland olimi van Gelmont organlar faoliyatini va butun organizmni ruhiy kuchlar yoki «arxey» boshqaradi, deb hisobladi. 18-a. da nemis vrachi G. Shtal organizm aʼzolarining tuzilishi va vazifasini bajarishdagi muvofiqligi nomoddiy ibtido — jon tomonidan belgilanadi, deb bildi. 18-a. oxiri —19-a. boshidagi tabiatshunoslik yutuqlari xayotning mohiyati haqidagi vitalistik tasavvurlarning xatoligini isbotladi. Lekin, 19-a. oxiri — 20-a. boshida jamiyat taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy oʻziga xos xususiyatlari, idealistik oqimlarning kuchayishi munosabati bilan neovitalizm shaklida yangidan paydo boʻldi. Vitalizmning turli koʻrinishlari hoz. zamon biol. sida ham namoyon boʻlmoqda. Bu organizm hayot faoliyati oʻziga xos xususiyatining nomoddiyligini eʼtirof etishda koʻrinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x