GEYZERLAR

GEYZERLAR (islandcha geysir — shiddatli oqim) — vaqt-vaqti bilan qaynoq suv va bugʻ favvora boʻlib otiladigan buloqlar. G. asosan, soʻnish arafasidagi yoki yaqinda soʻngan vulkanlar yon atrofida vujudga keladi. Yoriqlardan suv katta bosim va yuqori t-rada shiddat bilan (qaynoq suv 20—40 m, bugʻ 150 m balandlikkacha) otilib chiqadi. Geyzerlar suvi nisbatan toza, bir oz minerallashgan (1—2 g/l). Kimyoviy tarkibi xlorid-natriyli yoki xlorid-gidrokarbonat-natriyli. Silikat angidridi (SiO2) koʻp boʻladi. Vulkan kanalining ogʻzida va yon bagʻrida geyzerit hosil boʻladi. Geyzerlar muntazam va nomuntazam turlarga boʻlinadi. Geyzerlarning otilish sikli va alohida bosqichlari muntazam xilida doimiy, nomuntazamida oʻzgaruvchan. Geyzerlar bosqichlarining harakati bir necha minut yoki undan koʻproq davom etishi mumkin. Tinchigan vakti esa bir necha minutdan bir qancha soat yoki kun boʻladi. Islandiya, Kanada, Yaponiya, Xitoy, AQSH, Yangi Zelandiya va Rossiya (Kamchatka) da Geyzerlar koʻp. Geyzerlardan xonalarni isitishda, energetikada foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x