VISMAR

VISMAR — Germaniyaning Meklenburg-Old Pomeraniya yeridagi shahar. Boltiq dengizidagi Vismar qoʻltigʻining jan. sohilida. Aholisi 55 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Mamlakatning yuk oboroti boʻyicha va asosiy baliq ovlaydigan yirik portlaridan biri. Kemasozlik va unga xizmat qiladigan korxonalar rivojlangan. Oziq-ovqat (shakarqand), yogʻochsozlik, qogʻoz, kimyo sanoati korxonalari bor. V. qadimda savdo markazlaridan biri boʻlgan. 1229-y. dan shahar, 1256-1358-y. larda Meklenburg knyazlarining qarorgohi, 1648—1803-y. larda Shvetsiya tarkibida boʻlgan. Meʼmoriy yodgorliklaridan Nikolaykirxe gotika cherkovi (1381-y.) va b. saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x